O‘zbekiston | 10:52 / 24.01.2023
122113
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo harorati yana sovib ketishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

23 yanvar kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligidagi yig‘ilishida Gidrometeorologiya xizmati tomonidan 23-27-yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi va havo harorati joylarda kechasi -5...-18 daraja sovushi prognoz qilinayotgani aytilgan.

Yig‘ilishda o‘tgan 15 kun davomida amalga oshirilgan tadbirlarni yanada kuchaytirgan holda shtablar faoliyatini davom ettirish topshirilgan.

Bundan oldinroq «O‘zgidromet» ish haftasi oxirigacha sovuq havo massasi ta’siri saqlanib turishi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmasligi, faqat 25 yanvar kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekistonda anomal sovuq kuzatildi. Natijada, respublika bo‘ylab elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga keldi.

Mavzuga oid