Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saxarov fondi Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
Rasmiylar ta’kidlashicha, fond faoliyati Rossiyaning «konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga tahdid soladi».
Rossiya hukumati 23 yanvar, dushanba kuni Amerika nodavlat tashkiloti The Andrei Sakharov Foundation (Andrey Saxarov fondi)ni Rossiya Federatsiyasi hududidagi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qildi.
Fond faoliyati «Rossiya Federatsiyasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan chop etilgan press-relizda. Mahkama xabarida ushbu tashkilot aynan nima bilan shug‘ullanayotgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
The Andrei Sakharov Foundation veb-saytida ta’kidlanganidek, fond 1989 yilda tashkil etilgan. U sovet fizigi, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Andrey Saxarovning intellektual va ilmiy merosini saqlab qolishga intiladi.
Rossiyada «nomaqbul tashkilotlar» to‘g‘risidagi qonun 2015 yilda qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyati nomaqbul deb tan olingan tashkilotlarning ro‘yxati Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Ayni paytda ro‘yxatga 70 dan ortiq tashkilot kiritilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025