Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi
“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filiali sobiq boshlig‘i MChJlardan birining rahbari bilan til biriktirib, jamg‘armaning 1,8 mlrd so‘m pullarini talon-toroj qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 1,8 mlrd so‘m pullarni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025