Jahon | 23:20 / 27.01.2023
26327
1 daqiqa o‘qiladi

Marsdan olingan suratda «ayiq tumshug‘i» topildi 

G‘ayrioddiy fotosurat odamlar uchun jumboq bo‘lib turibdi. 

Foto: NASA

Mars Reconnaissance Orbiter apparati Marsda ayiqning tumshug‘iga juda o‘xshash qoyatoshni suratga olib, Yerga yubordi. Surat 12 dekabr kuni olingan, deyiladi NASA va Arizona universiteti xabarida. 

Shakl Mars qobig‘idagi yoriqlar natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu qachonlardir meteorit zarbasi natijasida yuzaga kelgan krater bo‘lgan. Uning markazidagi qoyatoshlar esa vulqon otilishi oqibatlari bo‘lishi mumkin. 

Mars Reconnaissance Orbiter 2005 yilda uchirilgan. Unga eng kuchli HiRISE fotokamerasi o‘rnatilgan. Uning yordamida Yerga Marsning ko‘plab fotosuratlari jo‘natilmoqda. 

Mavzuga oid