Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘zaro ID-karta orqali borib kelishi mumkin bo‘ladi
Kirib-chiqishda pasportga shtamp bosilmaydi: fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi elektron qayd etiladi. Bu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib o‘tishda amal qiladi. Yangi tartib 1-2 oydan keyin kuchga kirishi aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida, ikki davlat hukumati 2006 yil 3 oktyabrda imzolagan fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma ham almashinildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonning barcha fuqarolari Qirg‘izistonga, xuddi shunday Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin bo‘ladi (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi).
Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.
Qayd etilishicha, bu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib o‘tishda amal qiladi.
Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan so‘ng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishi aytilmoqda.
Ushbu tartib ayniqsa O‘zbekistonning eksklav hududlari bo‘lgan So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara kabi hududlaridagi vatandoshlar uchun katta yengillik bo‘ladi, ularning chegaradan o‘tishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025