Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada kungaboqar yog‘ini O‘zbekistonga yetkazib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
Kungaboqar yog‘i yetkazib berishni va’da qilib, katta miqdorda pul o‘zlashtirgan shaxsning jinoyat ishi sudda ko‘riladi.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida kungaboqar yog‘i ishlab chiqaruvchi bir nechta korxona direktoriga nisbatan firibgarlik bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib «Kommersant’» xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumondor kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha e’lonlarni internetga joylashtirgan va Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kompaniyalari vakillari bilan bir qancha shartnomalar tuzgan. Kelishuvlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 32 million rubl (5 milliard so‘mdan ortiq) to‘lov olgan. Shundan so‘ng, aloqani uzgan. Umuman olganda, to‘qqizta firibgarlik epizodi aniqlangan bo‘lib, ulardan birida gumondor bir guruh shaxslar, jumladan, ukasi bilan ishtirok etgan.
«Tadbirkorga» nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (firibgarlik, o‘zganing mol-mulkini aldash yo‘li bilan o‘zlashtirish) bo‘yicha jinoyat ichi ochilgan. Dastlabki tergov jarayonida gumonlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025