Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novoaydardagi shifoxonaga HIMARS bilan zarba berildi. RF Ukrainani harbiy jinoyatda aybladi
Raketa zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Bu shifoxonada harbiylar davolangan.
RF mudofaa vazirligining tasdiqlashicha, Ukraina qo‘shini Luhansk oblastining annexia qilingan qismidagi Novoaydar posyolkasi shifoxonasiga HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi orqali zarba yo‘llagan.
«Binoga oskolkali-fugasli reaktiv snaryadlar kelib tushishi oqibatida shifoxona bemorlari hamda tibbiy personaldan 14 kishi halok bo‘lgan va 24 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan», — deyilgan RF mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlikning qayd etishicha, shifoxonada harbiy xizmatchilar va mahalliy aholi vakillariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, oddiy shifokorlar bilan birga harbiy tibbiyot xodimlari ham ishlagan.
Rossiya tomoni shifoxonaga hujum uchun Ukrainani harbiy jinoyat sodir etishda aybladi. «Mazkur fuqarolik tibbiyot muassasasiga qasddan raketa zarbasi berilishi so‘zsiz Kiyev rejimining og‘ir harbiy jinoyati hisoblanadi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi xabarida.
«LXR»ning Rossiya tomonidan tayinlangan hukumati «Novoaydar shifoxonasi o‘qqa tutilishi oqibatlari» aks etgan kadrlarni namoyish etdi.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi hozircha RF mudofaa vazirligiga rasmiy munosabat bildirmadi. Rossiya tomoni bayonotidan biroz avvalroq Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday telegram-kanalida Novoaydarda olingan fotosuratni joylashtirib, «rashistlar davolangan shifoxonada nimadir bo‘ldi» deb yozgan va o‘nlab kishilar halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025