Istiqbolli loyihalar agentligi Nurmurodovning kripto-aktivlar haqidagi fikrlariga raddiya berdi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarning kripto-aktivlar investitsiya vositasi bo‘la oladimi degan savoliga javoban, bank bunga konservativ yondashishi va unga munosabati salbiy ekanini aytdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi unga raddiya berib, Markaziy bankning kripto-aktivlar aylanmasi sohasida vakolatli organ emasligi, shuning uchun bunday bayonot berishga haqli emasligini bildirdi.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 26 yanvarda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyatorning kripto-aktivlarga investitsiya va to‘lov vositasi sifatidagi pozitsiyasi haqidagi savoliga javob berdi.
U Markaziy bank kripto-aktivlar masalasiga butun dunyo kabi juda konservativ yondashishini aytdi.
«Biz kriptovalutani qimmat aktiv deb hisoblamaymiz va unga munosabatimiz salbiy», dedi u.
Markaziy bank raisi “O‘zbekiston rezidentlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kripto-aktivlar oldi-sotdisida ishtirok etish taqiqlangani”ni aytdi (biroq bunday emas).
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Markaziy bank raisining so‘zlariga raddiya bilan chiqdi. Agentlik Nurmurodov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar eskirgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
«Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ya’ni Markaziy bank kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organ hisoblanmaydi, shu sababli uning vakillari Markaziy bank tomonidan tartibga solinmagan sohaga oid bayonotlar berishga haqli emas», deyiladi raddiyada.
Agentlik Markaziy bank raisining nutqida mahalliy aholining kripto-aktivlarni sotib olishda bevosita ishtirok eta olmasligi haqida gapirganida eskirgan va ishonchsiz ma’lumotlarni keltirganini qayd etdi.
«Xususan, 2019 yilda kripto-birjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, kripto-birjalarda savdoni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi. Mazkur qoidalarda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjalarda faqat kripto-aktivlar va tokenlarni sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
2021 yilda kripto-birjalarda savdoni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va milliy valutadagi tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini amalga oshirish huquqi, hamda O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lmagan shaxslar bilan faqat kripto-aktivlar va chet el valutasiga tokenlarni sotish bo‘yicha operatsiyalar huquqi taqdim etildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, keyinchalik yuqoridagi qoidalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilib, uning o‘rniga kripto-birjada kripto-aktivlar savdosini amalga oshirish qoidalari qabul qilingan.
Ushbu qoidalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjalar elektron platformalarda milliy valutada kripto-aktivlar savdosining barcha turlarini, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo qilish maydonchasida kripto-aktivlarni sotish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lmagan shaxslar bilan faqat kripto-aktivlarni chet el valutasiga sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.
Avvalroq, O‘zbekistonda ikkita kripto-do‘kon ochilishi ma’lum qilingandi. 2022 yilning noyabr oyida Crypto Trade Net va Crypto Market kompaniyalari o‘z faoliyati uchun litsenziya oldi.
2022 yilning 31 oktyabridan kuchga kirgan qoidalarga ko‘ra, kripto-do‘kon mijozlarga elektron platforma yoki savdo obektiga (oflayn) kirishni ta’minlash orqali kripto-aktivlarni sotib olish/sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
Elektron platformada O‘zbekiston fuqarolari kripto-aktivlarni so‘mga, chet elliklar esa xorijiy valutaga sotib olishi yoki sotishi mumkin. To‘lovlar bank o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025