Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Ahmedov va Murod Majidov madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Prezident qarori bilan madaniyat va turizm vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Bahodir Ahmedov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Murod Majidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
- Firdavs Abduxoliqov Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga;
- Rustam Qurbonov Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Baxtiyor Ibrohimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Nusratilla Zikrillayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Botir Shaxriyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Umid Qo‘qonboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniyat vazirligi negizida tashkil etilgan Madaniyat va turizm vazirligiga sobiq madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov rahbarlik qilishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
11:53 / 06.05.2025