Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada prokuratura 9 mingdan ortiq noqonuniy safarbar etilganlarni ortga qaytardi
Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda prokuratura organlari to‘qqiz mingdan ortiq noqonuniy safarbar etilganlar, jumladan, sog‘lig‘i bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lganlar uyiga qaytganini ma’lum qildi.
«Mobilizatsiya uzoq vaqt davomida amalga oshirilmadi, ko‘plab muhim muammolar aniqlandi, bu ko‘pchilik uchun saboq bo‘ldi, harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish, tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lindi», - deya uning so‘zlarini keltiradi «Kommersant».
Bundan oldin G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga tayangan The Times nashri Vladimir Putin yangi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishga tayyorlanayotgani, jarayon davomida 500 minggacha odam frontga yuborilishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Nashrning yozishicha, qaror bir necha hafta ichida qabul qilinadi va aprelga qadar yarim milliongacha odam «yangi keng ko‘lamli hujumni boshlash uchun» frontga jo‘natiladi. Ta’kidlanishicha, bu vaqtga borib ob-havo yaxshilanadi.
«Rossiya harbiy ro‘yxatga olish va jo‘natish idoralarida jiddiy tayyorgarlik ketmoqda, Kreml yopiq so‘rov o‘tkazgan. Rossiya fuqarolari urushdan xavotirda, biroq ular ham mag‘lubiyatga rozi bo‘lmoqchi emas», deb o‘z ismini oshkor etmagan amaldor so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
So‘nggi oylarda safarbarlikning yangi to‘lqini haqidagi ma’lumotlar tobora ko‘proq manbalarda paydo bo‘lmoqda. U Rossiya rasmiylari tomonidan muntazam rad qilinyapti.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025