Jahon | 17:06 / 31.01.2023
6520
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada «voyenkomat»larga o‘t qo‘yish holatlari: terakt bo‘yicha birinchi hukm chiqarildi

Foto: RIA Novosti

Rossiyada ilk bor Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining «Terrorchilik harakati» moddasi bo‘yicha harbiy komissarlikka o‘t qo‘yganlik uchun hukm chiqarildi, deb yozadi TASS

Markaziy okrug harbiy sudi Vladislav Borisenkoni Nijnevartovskdagi harbiy komissarlikka o‘t qo‘ygani uchun 12 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qildi. 

Borisenko, shuningdek, uning sherigi deb taxmin qilingan shaxs may oyi boshida, harbiy komissarlikdagi yong‘indan bir hafta o‘tib hibsga olingan edi. 

Dastlab ularga qasddan mol-mulkka zarar yetkazish va bezorilik ayblovlari qo‘yilgan bo‘lsa, so‘ngra ayblov terakt sifatida qayta toifalangan. 

Ikkala ayblanuvchi ham hujumdagi aybini tan olishdan bosh tortdi, biroq o‘t qo‘yish holatini inkor etmadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid