O‘zbekiston Japan Airlines bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlarining Japan Airlines Co., Ltd. (JAL) aviakompaniyasi Xalqaro savdo departamenti direktori E.Shimojima bilan uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: fb.com/JapanAirlinesWorldwide
Muloqotda O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish, xorijiy aviakompaniyalar uchun yaratilgan sharoit va taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
JAL vakili O‘zbekistonning turizm sohasida yuqori salohiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, dunyoda COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat yengillashib borishi bilan xalqaro aviaqatnovlar tiklanib borayotgani xorijiy davlatlar, xususan, O‘zbekistonga sayyohlar oqimi oshishiga xizmat qilyapti.
Uchrashuv so‘ngida Japan Airlines Co., Ltd. aviakompaniyasi vakillarining mamlakatda fuqarolik aviatsiyasi sohasida hamda xalqaro aeroportlarda yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish va tegishlar tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

09:05 / 21.05.2025
“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?

17:12 / 20.05.2025
“Tokiodagi o‘zbeklarning o‘g‘riligi O‘zbekiston imijiga minus” – Yaponiyadagi elchi bilan suhbat

11:21 / 16.05.2025