Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi topildi
Bosh prokuratura bayonotida qizning jasadida zo‘rlik alomatlari borligi haqida so‘z boradi. Qotillikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan. U yozda marhum qiz yashagan uyda ustachilik qilgani ma’lum bo‘lgan.
31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.
Internetda qiz va uning ortidan ta’qib qilib kelgan erkakning videolari tarqalmoqda.
“Kecha kechqurun Telegram-guruhlarda Yangihayot tumanida 12 yashar qizcha bedarak yo‘qolgani va ko‘ngillilar, mahalla ahli hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan qidirilayotgani haqida xabarlar aylana boshladi. Telegramʼda yo‘qolganlarni qidiradigan ko‘ngillilar guruhida kecha soat 22:30 lar atrofida qidiruv e’lon qilindi.
Guruhlarga e’lonlar tarqatishdi, hududga borib qidirishdi. Hamma topilsin deb duo qildi. Onlayn drama, juda tahlikali onlar bo‘ldi. Afsuski, kechasi 2:30 larda qidiruv to‘xtatilgani, qizchaning murdasi mahallasidan, o‘zi yashaydigan uy yaqinidan topilgani aytildi”, deb yozmoqda bloger Shahnoza Soatova.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yozida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan va uyda ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.
Holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan 29 yoshli erkak Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
“Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolar sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Saida Mirziyoyeva 6 dekabr kuni “Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutlashtirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish zarurligi, bu borada bolalar va o‘smirlarni himoya qilishning aniq va qat’iy mexanizmlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlagandi.
Senat ishchi guruhi tarkibida bo‘lgan iqtisodchi, jamoatchilik faoli Barnogul Sanaqulovaning aytishicha, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati sodir etilgan taqdirda, bolalar bilan bog‘liq muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilishga doir taklif qilingan normalar chiqarib tashlangan. Bosh prokuratura mas’uli buni inson huquqlari toptalishi bilan bog‘liq deya izohlagan.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024