Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Pentagon Ukraina yaqin orada Qrimni qaytarib olishiga shubha qilmoqda
Pentagondagilar Ukrainada annexia qilingan Qrim ustidan nazoratni qaytarib olish imkoniyati yo‘q va yaqin orada bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. AQSh mudofaa vazirligining yuqori martabali to‘rt mulozimi Vakillar palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasida o‘tkazilgan yopiq brifingda vaziyatga shunday baho berishgan.
Politico nashrining uchrashuv mazmuni bilan tanish bo‘lgan manbalari bunday xulosa nimaga asoslangani ma’lum emasligini aytishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Pentagondagilar Ukrainada hozirda Rossiya qo‘shinlarini yarimoroldan siqib chiqarish imkoniyati yo‘q va yaqin orada ham bunday imkoniyat bo‘lmasligiga amin. Nashr suhbatdoshlari Kongressda hisobot berganlar shunga urg‘u qaratishganini qayd etishgan.
Politico nashrining yana bir manbasi brifing mazmunini «ko‘p ma’noli» deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning mohiyati shundaki, agar Ukraina Qrimni qaytarib olish uchun amaliyot boshlashga qaror qilsa, o‘z muvaffaqiyatini kafolatlay olmaydi.
Pentagondagilar bu ma’lumotga izoh berishni istashmagan. Idora rasmiy vakili Sabrina Singh Ukrainaning Rossiya tajovuzini qaytarishdagi natijalari va jang maydonida doimiy ravishda moslashishini e’tirof etib, shuning o‘zi ularning kurashish va o‘z suveren hududlarini qaytarib olish istagini ko‘rsatishini aytib o‘tgan.
- Ukraina rasmiylari ko‘p marta Rossiya bilan urush RF qo‘shinlari bosib olingan barcha hududlar, jumladan 2014 yilda annexia qilingan Qrimdan chiqib ketgach yakunlanishi mumkinligini aytishgan. Ukraina hukumati vakillari muntazam ravishda Qrimni qaytarib olish bo‘yicha harbiy amaliyot o‘tkazish imkoniyati haqida gapirib kelishadi.
- AQSh Qrimni Ukraina hududi deb biladi. Shu bilan birga, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Vashington Kiyevga mazkur yarimoroldagi nishonlarga zarba berish imkoniyatini beradigan vositalarni taqdim etishdan bosh tortib keladi. Yanvar oyida esa The New York Times nashri AQSh prezidenti ma’muriyatidagilar bu masaladagi pozitsiyani asta-sekinlik bilan yumshatayotganini xabar qilgandi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Kiyev uchun 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi tayyorlamoqda, bu paket 150 kilometr masofaga aniq boruvchi GLSDB raketalarini ham o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025