Toshkent viloyatida chorva mollarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Jinoiy guruh a’zolari 2 xonadondagi chorvani o‘g‘irlab ketgani aniqlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati hududida aholining mol va qo‘ylarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
«Yuqori Chirchiq tumani, Fayzobod mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qo‘y noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgandi. Oradan 4 kun o‘tib, ushbu mahallaning Qaytmas ko‘chasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq o‘g‘irlandi. Hududda o‘tkazilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatlarni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxs sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlandi», deyiladi xabarda.
Dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat bo‘yicha fuqaroga yetkazilgan 15 mln so‘m moddiy zarar undirib berilgan. Ikkinchi holatda o‘g‘irlangan 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025