Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fyodor Yemelyanenko Bellator gran-prisi finalida nokautga uchradi. Jang 35 soniyada tugadi
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko og‘ir vazn toifasida Bellator gran-prisi finalida amerikalik Rayan Beyderdan mag‘lubiyatga uchradi.
Los-Anjyelesda o‘tgan jang 1-raundning 1-daqiqasida rossiyalikning nokautga uchrashi bilan tugadi. Yemelyanenko jangning 35-soniyasida boshiga zarbani o‘tkazib yuborgach, yiqilib tushgan. Shundan keyin amerikalik unga ketma-ket zarbalar bergach, hakam jangni to‘xtatishga qaror qilgan.
#EYT
— EYT .Abdulraşid Sadulah (@ahmentes1) January 27, 2019
Ryan "Darth" Bader is now a two-division champ, as he knocks out the legendary Fedor Emelianenko to win Bellator's Heavyweight Grand Prix. Here's the full fight. #Bellator214#EYT#AfVeCezaİndirimi
pic.twitter.com/tH7JRPVt5s
Yemelyanenko finalga yo‘lda amerikalik Frenk Mir va Cheyl Sonenni, Beyder esa hamyurtlari Muhammad Laval va Mett Mitrionni mag‘lub etgan.
Yemelyanenko Bellator tashkiloti bilan 2016 yil noyabrda shartnoma tuzgan. Beyder bilan jang u uchun tashkilotdagi to‘rtinchisi bo‘ldi. Uning Bellator’dagi birinchi jangi Mett Mitriondan mag‘lubiyat bilan yakunlangandi.
Bu mag‘lubiyat 42 yoshli Yemelyanenko uchun faoliyatidagi 6-mag‘lubiyat bo‘ldi. 35 yoshli Beyder endi ikkita vazn toifasidagi chempionlik kamariga ega bo‘ldi. Uning hisobida endilikda 27 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bor.
Mavzuga oid
11:27 / 05.02.2023
Fedor Yemelyanenko amerikalik raqibdan nokautga uchradi. Bu uning faoliyatidagi oxirgi jang bo‘ldi
22:13 / 25.08.2019
Bir qo‘lli yakkakurash jangchisi Bellator’da ishtirok eta boshladi
14:31 / 25.01.2019
Yemelyanenko Makgregorga maslahat berdi
11:39 / 25.01.2019