Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:29 / 05.02.2023
24465
7 daqiqa o‘qiladi
Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashinuvi, Kiyevda belaruslik ko‘ngillining dafn marosimi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 346-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvi o‘tkazdi. RF mudofaa vazirligi 63 harbiy ozod etilgani, ular orasidagi ayrimlar «muhim toifa»ga mansubligini aytgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari 116 kishi asirlikdan uyga qaytgani haqida ma’lumot bergan.
- «Ukrenergo» nimstansiyasida kun davomidagi ikkinchi avariya oqibatida Odessa to‘liq elektrdan uzildi.
- Belgorod oblastining Borisovka qishlog‘ida zarbalar oqibatida zavodda yong‘in chiqdi, bu yerda Qrim ko‘prigi uchun ham konstruksiyalar ishlab chiqarilgan. Region rahbari cheklanmagan muddatga terrorchilik tahdidining «to‘qsariq» darajasini e’lon qilgan.
- AQSh bosh prokurori «Tsargrad» telekanali asoschisi Konstantin Malofeyevning musodara qilingan 5,4 million dollar mablag‘ini «Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun» Davlat departamentiga yo‘naltirishga ruxsat berdi. Bu Amerika hukumatining sanksiyalar ostidagi rossiyaliklarning aktivlari bo‘yicha ilk shunday qarori bo‘ldi.
- Kanada Rossiyadagi jurnalistlar, nashrlar va artistlarga «dezinformatsiya va propaganda tarqatganlik» uchun sanksiyalar qo‘lladi. Dima Bilan, Polina Gagarina va Mixail Galustyan kabilar ham sanksiyaga uchragan.
- Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya Shvetsiya hukumatidan nemislar tomonidan ishlab chiqarilgan IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari va ular uchun raketalarni Ukrainaga yuborishni so‘ragan.
- YeI Rossiya neft mahsulotlari uchun bir barrelga 100 dollar darajasida yuqori narx belgilab qo‘ydi. «Katta yettilik» mamlakatlari ham shunday cheklovlar borasida kelishib olgan.
Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi.


Xerson bo‘ylab zarba oqibatlari




Horlivka va Nova Kaxovka o‘qqa tutilishi oqibatlari




Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari



Ukraina armiyasidagi belaruslik ko‘ngillining dafn marosimi


Baxmut atrofidagi tinch aholi vakillari evakuatsiyasi




Odessadagi havo trevogasi chog‘ida dars o‘tayotgan bolalar

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025