Iqtisodiyot | 23:49 / 06.02.2023
35531
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank Namangan viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Ma’rufjon Rahmonov yangi lavozimda ish boshladi. 

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Ma’rufjon Mahmudjonovich Rahmonov Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Jamshid Aliyevning o‘rnida ish boshladi. 

Ma’rufjon Rahmonov 1982 yil 6 yanvarda Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliya-iqtisodchi. 

Mehnat faoliyatini 2002 yilda Xalq banki Namangan viloyati bo‘limida mutaxassis sifatida boshlagan. 2003-2014 yillarda Xalq banki Namangan viloyati filialida turli lavozimlarda ishlagan. 2014-2017 yillarda Respublika Inkassatsiya xizmati Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish olib borgan. 

Yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2018 yil 7 fevraldan buyon Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Mavzuga oid