Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari jo‘natiladi
Turkiyaga O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari jo‘natiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyaga Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi.
Qayd etilishicha, ular tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam ham jo‘natilishi rejalashtirilgan.
6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida ikki mamlakatda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an mamlakatda zilzila qurbonlari soni 912 nafarga yetgani, 5,4 ming kishi jabrlanganini ma’lum qildi. 2,8 ming bino vayron bo‘lgan.
Zilzila kuchi 7,7 ballni tashkil etgan, bu Turkiyada 1939 yildan buyon ro‘y bergan eng kuchli yer silkinishi bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025