Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: Leopard'ni ishlatish bo‘yicha mashqlar 6 fevraldan boshlanadi
Ukraina harbiylari 6 fevraldan Leopard tanklarini ishlatish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining kechki hisobotida aytilgan.
Qo‘mondonlik mashg‘ulotlar qayerda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmagan.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari ma’lum yo‘nalishlarda qayta to‘planmoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasining asosiy sa’y-harakatlari Kupyansk, Liman, Baxmut, Avdiyivka va Novopavlovsk yo‘nalishlaridagi hujum operatsiyalariga qaratilgan.
Bundan oldin Portugaliya Ukrainaga Leopard 2 jangovar tanklarini yuboradi, deb xabar bergandi mamlakat bosh vaziri Antonio Koshta. U tanklarning soniga aniqlik kiritmadi.
Antonio Koshtaning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Portugaliya qurolli kuchlari xizmatida bo‘lgan bir qator ishlamaydigan tanklarni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni sotib olish maqsadida Germaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.
«Biz hozirda tanklarimizning bir qismini jo‘natish ustida ishlayapmiz, - dedi u Lusa Portugaliya axborot agentligiga. - Men Ukrainaga qancha tank berilishini bilaman, lekin bu haqda o‘z vaqtida e’lon qilinadi».
Avvalroq Ispaniya Leopard 2A4’ni Ukrainaga birinchilardan bo‘lib yetkazib berishni rejalashtirayotgani - uning tarkibiga tiklangan to‘rtta-oltita tank kirishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025