Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
Hodisa oqibatida jami besh kishi jarohatlangan.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida chaqnash yuz berishi oqibatida bir kishi vafot etdi. O‘zbekiston bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsiddinovning xabar berishicha, Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 5 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
7 fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari chiqishgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025