O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Avvalroq, ikki davlat chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlagan edi.

Foto: xabar.uz
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) rahbari o‘rinbosari Bahromjon A’loyev. Uning so‘zlarini «RIA Novosti» agentligiga tayangan holda Lenta keltirdi.
«Bizning ishchi guruhlarimiz davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni boshladi», dedi Aloyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatida so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruhlarning birinchi yig‘ilishi allaqachon bo‘lib o‘tgan, ikkinchisi esa yaqin kunlarda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, bunday muzokaralar jadvali butun 2023 yil uchun tuzilgan.
Yanvar oyi oxirida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari davlatlar o‘rtasidagi chegaralarni delimitatsiya qilish jarayonini yakunlagan, davlatlar rahbarlari Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev ratifikatsiya yorliqlarini almashgan edilar.
Chegaraning demarkatsiya qilinishi uning chizilishi, belgilar o‘rnatilishini anglatadi.
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi

21:02 / 29.04.2025