O‘zbekiston | 10:45 / 10.02.2023
39284
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi noqonuniy tunnellar aniqlandi

Andijonda Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi 2 ta yerosti yo‘li aniqlandi. Har ikkisining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrga teng.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi yerosti yo‘llari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 3 va 9 fevral kunlari O‘zbekiston DXX va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan. Jarayon davomida Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv tumani hududidan O‘zbekiston davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrli ikkita yerosti yo‘llari mavjudligi aniqlangan.

Hozirda bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid