Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda transformator ishlab chiqarish korxonasi tashkil etadi
O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Misrning El Sewedy Electric kompaniyasi prezidenti Ahmad al-Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida El Sewedy Electric kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
El Sewedy Electric prezidenti Markaziy Osiyo bozoriga kirish kompaniyaning yaqin istiqboldagi bosh maqsadlaridan biri sifatida belgilanganini ma’lum qildi. «Bunda O‘zbekiston mintaqadagi asosiy yo‘nalish sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda elektr energiyasi, transformatorlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishdan manfaatdormiz», dedi Ahmad al-Suvaydiy.
Ushbu masalalarni muhokama qilish uchun kompaniya delegatsiyasi Toshkentga safar qilib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashni rejalashtirgani ma’lum qilindi.
El Sewedy Electric kompaniyasining qariyb 20 ta davlatda 30 dan ortiq korxonalari mavjud. Ularda 17 ming nafar xodim ishlamoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
19:47 / 11.05.2025