Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent shahri mahallalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi qarorni imzoladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni «Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya obektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
Shahar hokimligi ushbu kredit mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qo‘shimcha 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratadi.
2023 yilning to‘rtinchi choragida shahar hokimligi mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 milliard so‘mni, keyingi yilning to‘rt choragida qolgan 384 milliard so‘mni teng ulushlarda qaytarishi kerak.
Tumanlar hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan loyihalar ro‘yxatini xalq deputatlari tuman Kengashlari majlislarida muhokama qiladi va tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025