Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Hataydagi qulagan turar joy majmuasi pudratchisi hibsga olindi
Antokiya tumanidagi 12 qavatli 250 xonadonli Rönesans Rezidans turar joy majmuasi «Jannat burchagi» deb reklama qilingan edi.
Hataydagi zilziladan keyin qulab tushgan Rönesans Rezidans turar joy majmuasining bosh pudratchisi Mehmet Yashar Jo‘shqun Turkiyani tark etmoqchi bo‘lganida aeroportda hibsga olindi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.
G‘oziusmonposho prokuraturasi talabi bilan hibsga olingan Jo‘shqun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Unga qanday ayblov qo‘yilgani ma’lum emas.
Hatay shahridagi Rönesans Rezidans turar joy majmuasi 12 qavatli, 250 xonadonli bo‘lib, «jannat burchagi» sifatida reklama qilingan edi. Zilzila oqibatida majmua butunlay vayron bo‘lgan. Unda istiqomat qiluvchi odamlar orasidagi qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
6 fevral kuni Turkiyaning Qahramonmarash shahri, Pazarjiq mintaqasida 7,7 magnitudali va Elbiston viloyatida 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi.
10 fevral holatiga zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 mingga yaqinlashdi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:52 / 15.05.2025