O‘zbekiston | 21:33 / 11.02.2023
21610
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir Abdulla Aripovning matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi 

Vazirlar Mahkamasi apparatida tashkiliy o‘zgarishlar yuz berdi. 

Foto: AFP

Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. 

Prezidentning 2022 yil 21 dekabrdagi «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining yangi tasdiqlangan ijro etuvchi tuzilmasiga muvofiq: 

Baxtiyor Madaminovich Xasanov pensiyaga chiqishi munosabati bilan Bosh vazirining matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi. 

Shuningdek, Zafar Shaxatamovich To‘xtayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shy’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi. 

Mavzuga oid