Jamiyat | 19:04 / 14.02.2023
12616
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda VI an’anaviy Gidlar forumi o‘tkaziladi

​​​​​​​21 fevral kuni Toshkentdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida “O‘zbekiston Gidlari forumi – 2023” VI an’anaviy Gidlar forumi o‘tkaziladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish instituti

Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, tadbir “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlanadi.

“Ushbu forum hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga turtki bo‘ladi, ekskursiya jamoatchiligiga innovatsion texnologiyalar va yangi ta’lim loyihalarini taqdim etadi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 21 fevral – Xalqaro gidlar kuni hisoblanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid