Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslari bo‘yicha nazoratga mas’ul o‘rinbosari lavozimi kiritilyapti
Prezident “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi kiritilyapti.
Belgilanishicha, bosh prokuror o‘rinbosari:
- O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
- Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bosh prokuratura ikki hafta muddatda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.
O‘zenergoinspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini qaror bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish mas’uliyati shaxsan energetika vaziri J.Mirzamahmudov va bosh prokuror o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
09:29 / 06.11.2024
O‘zbekistonda 2030 yilgacha “yashil” energiya manbalari 40 foizga yetkaziladi
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
10:10 / 25.10.2024