O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 18 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2022 yil 27 dekabrda ma’qullangan.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitim (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilindi.
Bitim 2022 yil 29 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Hujjat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
U jinoyat sodir etgan va ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarolarining o‘z mamlakatida jazoni o‘tashi uchun sharoit yaratish, ularni qayta tarbiyalash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:37
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
16:56
Turkiyaga me’yordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirgan o‘zbekistonliklar qamoqqa olinmoqda
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024