Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va Ozarboyjon mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston va Ozarboyjon ekspert-tahlil doiralari vakillari o‘rtasida teleko‘prik uyushtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyatiga o‘z baholarini bildirdi, O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish yo‘llari haqida o‘zaro fikr almashdi.
Ekspertlar o‘z chiqishlarida 23-24 fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqalararo forumning davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir haqidagi xabar-maqola va videomateriallar Ozarboyjon ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritildi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025