Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi habdan boshqa davlatlarga ham yuklarni yetkazib berish uchun foydalanish boshlanadi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining (QBOKB) katta maslahatchisi Frank Remus bilan uchrashdi.
Umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, QBOKB vakili O‘zbekistonning afg‘on xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatish, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Termiz shahridagi Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika habi orqali Afg‘onistonga yuk tashish imkoniyatini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Shu munosabat bilan, tomonlar O‘zbekiston va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, nafaqat Afg‘onistonga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga ham yuklarni yetkazib berish uchun barcha zarur infratuzilmaga ega Termiz shahridagi Xalqaro habdan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi
17:11 / 16.12.2024