Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mahalliy va xorijlik sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘ngillilar jalb qilinadi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda joylashgan turizm namoyishi obektlariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlashda jamoatchi yordamchi sifatida ko‘ngillilar (volontyor)ni hamkorlikka taklif qildi.
Bunda, ko‘ngillilar Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga turizm namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida sayyohlar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda ko‘maklashadi.
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyatiga jamoatchi yordamchi sifatida:
— o‘n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo‘lganlar;
— sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishga qodir;
— muqaddam sudlanmagan;
— ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turmagan;
— xorijiy, ustuvor ravishda ingliz va rus tillarini biladigan;
— yashash va o‘qish joyi bo‘yicha ijobiy tavsiflangan ko‘ngillilar jalb qilinadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025