Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Raiffeisen bankini Rossiyadagi faoliyati tufayli tekshiradi
Avstriya banki Reuters agentligiga AQShning sanksiyalar bo‘yicha vakolatli agentligi Raiffeisen'ning Rossiyadagi biznesi haqida ma’lumot so‘raganini aytdi.
AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) bank konglomeratini Rossiyadagi faoliyati bilan bog‘liq holda tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda 17 fevral, juma kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikka bergan izohida, bank yanvar oyida OFAC'dan «Rossiya va Ukraina bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar nuqtayi nazaridan RBI tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lovlar biznesi va tegishli jarayonlarga aniqlik kiritish» so‘rovini olganini aytdi.
AQShning sanksiyalar ijrosi bo‘yicha agentligi RBI'dan Rossiya, qisman bosib olingan Donbass, Ukraina va Suriyadagi faoliyati, jumladan, tranzaksiyalar tafsilotlari va ayrim mijozlar haqida batafsil ma’lumot so‘radi, dedi Reuters manbasi. OFAC fevralgacha javob berish kerakligi bildirgan, dedi u, ammo bank advokatlari aprel, may va iyun oylarining boshlarida yuboriladigan uchta ma’lumot blokidagi savollarga javob berishga va’da berib, muddatni uzaytirdi.
AQSh moliya vazirligi vakili agentlikka izoh berishdan bosh tortdi.
RBI bayonotida aytilishicha, moliya instituti OFAC bilan «to‘liq hamkorlik qilmoqda» va so‘rov muayyan bitim yoki biznes bilan bog‘liq emasligini tushunadi. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, bankda sanksiyalarga rioya qilishni ta’minlaydigan jarayonlar mavjud. Bank vakili «OFAC tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar agentlik so‘rovini qondirishiga» ishonch bildirdi.
RBI o‘tmishda sanksiyaga uchramagan, ammo OFAC so‘rovi bank faoliyatini nazorat qiluvchi Yevropa moliyaviy regulyatorlarini xavotirga solmoqda, chunki bu jazo choralariga olib kelishi mumkin, dedi Reuters agentligiga bu masaladan xabardor ikki kishi.
2022 yil oxirida Avstriya guruhining sof foydasi 3,8 milliard yevroni tashkil etdi - RBI'ga foydaning yarmidan ko‘pini Rossiyaning «Rayffayzenbank» shu’ba korxonasi olib keldi, u 2 milliard yevro daromad oldi. Ayni paytda, rossiyalik omonatchilar bankka 20 milliard yevrodan ortiq mablag‘ joylashtirgan, deb yozadi Reuters.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025