Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Rossiyani insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi
Uning ta’kidlashicha, «jinoyatlarga aloqador bo‘lganlarning barchasi javobgarlikka tortiladi».
AQSh hukumati Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganini «rasmiy ravishda tasdiqladi», dedi vitse-prezident Kamala Xarris. Uning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi so‘zlarini BBC keltirdi.
Xarris bir necha epizodlarni sanab o‘tgan, jumladan, Buchadagi tinch aholi qirg‘ini va Mariupoldagi drama teatriga berilgan raketa zarbasini.
«Biz dalillarni tekshirib chiqdik. Biz huquqiy me’yorlarni bilamiz. Va bu insoniyatga qarshi jinoyatlar ekanligiga shubha yo‘q. Rossiya Ukraina tinch aholisiga keng ko‘lamli va tizimli hujumlar uyushtirmoqda», dedi AQSh vitse-prezidenti.
Xarris so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti ma’muriyati Kiyevga vahshiyliklarni tergov qilishda yordam berishda davom etadi. «Bu jinoyatlarni sodir etganlar va bu jinoyatlarga aloqador bo‘lganlarning barchasiga aytaman, sizlar javobgarlikka tortilasizlar», deb va’da berdi siyosatchi.
Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 17 fevral kuni ochildi. 59-marta o‘tkazilayotgan tadbirning asosiy mavzusi Ukrainadagi urush bo‘ldi. Rossiya konferensiyaga 20 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta taklif qilinmadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025