Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Rossiya armiyasi uchun Ukrainada xandaq qazgani aytilmoqda
O‘zbekistonlik va tojikistonlik ishchilarga Ukrainaning Zaporijjya viloyatida xandaq qazish uchun katta pul va’da qilingan.
O‘zbekistonlik va tojikistonlik ishchilar Ukrainaning Rossiya tomondan annexia qilingan Zaporijjya viloyatida rus armiyasi uchun xandaq qazgani aytildi. Bu haqda Baza xabar berdi.
Xabar tojikistonlik Aminjon ismli yigit so‘zlaridan yozilgan va xandaq qazgan o‘zbekistonliklarning ismi-sharifi keltirilmagan.
Qayd etilishicha, tojikistonlik Aminjonga taxminan bir oy avval xavfli, ammo yaxshi maoshli ish taklif qilingan.
Yigit rozi bo‘lgach, uni avtobusda Zaporijjya viloyatiga jo‘natishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobusda 32 kishi bo‘lgan - barchasi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari. Xandaqlar traktorlar bilan qazilgan, quruvchilar ularni yog‘och materiallar bilan mustahkamlagan.
Qayd etilishicha, Aminjon bir oyga yaqin vaqt ishlagan va ikkita xandaq qazgan. Lekin «Sergey Yevgenevich» degan shaxs unga atigi 595 ming rubl bergan. Aminjon dastlab kelishilgan maoshni olish uchun Sergeyga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilgan, biroq ish beruvchi rozi bo‘lmagan.
Aminjon omadi kelib, Moskvaga qaytishga muvaffaq bo‘lganini, ammo qolgan quruvchilarning bir qismi qaytib kela olmasligini aytmoqda. Chunki, kimdir appenditsit bilan kasallangan, yana bir ishchi panjasidan ayrilgan, ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.
Aminjon «Sergey Yevgenevich»ning boshqa ma’lumotlarini bilmaydi. Politsiyaga shikoyat qilgach, unga telefon orqali tahdidlar bo‘lgan. Hozir u uydan chiqishga qo‘rqib qolganini aytmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025