Vuhledar uchun janglar va qor o‘ynayotgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 360-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina harbiy razvedkasi vakili Rossiya o‘zaro chegaradan bir necha yuz kilometr masofaga (ukrain artilleriyasi yetib bora olmaydigan masofa) 450 samolyot va 300 vertolyot to‘plaganini xabar qildi.
- Oliy rada raisi Ruslan Stefanchuk Ukraina NATOdan 2023 yilda a’zolik taklifi kutayotganini aytdi.
- AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris AQSh Rossiya Ukrainada insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganini rasman tasdiqlashini ma’lum qildi.
- Xitoy yaqin vaqtlar ichida Rossiyaning Ukraina bilan urushiga yechim topish bo‘yicha rejasini taqdim etishi kutilmoqda.
- RFdagi harbiy komissariatlarda harbiy xizmatga chaqiriluvchilarga oid batafsil ma’lumotlar bazasi paydo bo‘ladi. Bu haqda xabar topgan jurnalistlar Farida Rustamova va Maksim Tovkayloga ko‘ra, bu rasmiylarga safarbarlikdan qochib, mamlakatni tark etganlarning yo‘lini to‘sishda ham yordam beradi.
- Amerika razvedkasiga ko‘ra, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari halok bo‘lganlar va yaralanganlar qo‘shib hisoblanganda 30 ming kishini tashkil etadi.
Vuhledar uchun jang
Donetsk oblastida janglar davom etmoqda. Ammo 18 fevral kuni Tavr yo‘nalishi mudofaa kuchlari spikeri Oleksiy Dmitrashkovskiy Rossiya qo‘shini Vuhledar hududida yurish sur’atlarini «bir necha bor pasaytirgani» haqida xabar berdi. Bir hafta oldin, 12 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari bu yerda 155-dengiz piyodalari brigadasining saralangan qo‘shini tor-mor etilgani haqida ma’lum qilgandi. Dengiz piyodalaridan biri «7×7» nashriga brigada shaxsiy tarkibining 80–90 foizi safarbar qilinganlar bilan to‘ldirilgan bo‘lganini aytgan.
Dmitrashkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, endi Rossiya tomoni motoo‘qchilar bo‘linmalari bilan hujum qilmoqda (bu bo‘linmalar zirhli texnikalar bilan ta’minlanmagan). Ukraina qurolli kuchlari vakili buni «suitsid harakati» deb atagan. «Aftidan, ularni shunchaki „joyida o‘tirmasligi“ uchun bunday shturmlarga yuborishmoqda», — deya taxmin qiladi u.
«DXR» rahbari Denis Pushilin esa rossiyaliklar pozitsiyasini boshqacharoq ifodalagan — uning so‘zlariga ko‘ra, bu pozitsiya «yaxshilanmoqda». Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya kuchlari Vuhledar shimolidagi dala hovlilar hududini nazorat qilmoqda, ammo «hozircha ko‘cha janglari haqida gap ketmayapti».
Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari
Xarkiv oblastida insonparvarlik yordami
Frontbo‘yidagi Seversk shahri hayoti
Seversk — Donetsk oblastida 2022 yil iyulidan buyon shiddatli janglar davom etayotgan Baxmutga yaqin joylashgan shaharlardan biridir. U yo‘llar kesishmasida joylashgan: bir tomondan Baxmutdan, boshqa tomondan Limandan, yana bir tomondan — Rossiya qo‘shinlari egallab olgan Lisichansk va Severodonetsk shaharlaridan keluvchi yo‘llar shu yerda tutashadi. Seversk muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, shu tufayli shaharda elektr yo‘q, issiq suv uzatish cheklangan.
Oldingi chiziqqa qaytishdan oldin qor o‘ynayotgan ukrain harbiylari
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024