Jahon | 16:32 / 20.02.2023
16740
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut hamon «qaynoq nuqta», Avdiyivkada ham janglar davom etmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 361-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Ukraina havo kuchlari press-attashesi Yuriy Ignat Rossiya raketa zarbalarini amalga oshirishda yangi taktika qo‘llay boshlaganini aytdi, unga ko‘ra, rossiyaliklar daryo o‘zanlari, jumladan Dnestr va Janubiy Bug daryolari yo‘nalishida kam miqdorda qanotli raketalar uchirmoqda. Ignatning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali rossiyalik harbiylar raketalarni maksimal darajada yer yuzasiga yaqin harakatlantirib, havo hujumidan mudofaa kuchlarini chetlab o‘tmoqda — bu tizimlar pastlab uchayotgan jismlarni payqashi qiyin bo‘ladi. 
  • Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkov Ukraina mazkur hududdagi bir qancha aholi yashash manzillarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘lgan. Gladkov o‘qqa tutilayotgan hududlar aholisini «tashkillashtirgan holda olib chiqish» boshlanganini ma’lum qilgan.
  • NBC News telekanali o‘z manbasiga tayanib xabar qilishicha, AQSh Xitoy Rossiyaga harbiy yordam berayotganini gumon qila boshladi. Kanal suhbatdoshining ma’lumotlariga ko‘ra, gap jumladan «bahorgi yurish uchun jihozlar» — harbiy forma yoki zirhli nimchalar yetkazib berish haqida ham ketmoqda.
  • Anneksiya qilingan Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov yarimorolda ukrain biznesmenlari va siyosatchilarining «milliardlab rubl» miqdoridagi 700 ga yaqin ko‘chmas mulk obektlari milliylashtirilgani haqida xabar berdi.
  • Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti ekspertlari taxmin qilishicha, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinni RF mudofaa vazirligi bilan yangi qarama-qarshilikda qo‘llamayapti. Ko‘p o‘tmay Qodirov o‘z telegram-kanalida «Vagnerning maxsus harbiy amaliyot hududidagi muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lishdan to‘xtamasligi»ni aytib chiqdi.
  • Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning mamlakati Ukraina g‘alaba qozonishini istashi, ammo hech qachon Rossiya «to‘liq yakson etilishi» tarafdori bo‘lmasligini bildirdi.

Avdiyivkadagi front chizig‘ida turgan ukrain harbiylari

Urush boshidan buyon rossiyaliklar Avdiyivkani egallay olmadi — bu shahar okkupatsiya ostidagi Donetsk shahri bilan chegaradosh hisoblanadi. Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutayotgan mahalda bu yerda evakuatsiyadan bosh tortgan aholi yashashda davom etmoqda — bular asosan keksa yoshli kishilar yoki yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishi kerak bo‘lganlar. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya Avdiyivka yo‘nalishida ham keng ko‘lamli hujum boshlashga tayyorlanmoqda. Quyida front chizig‘idagi Avdiyivkani himoya qilayotgan ukrain harbiylari aks etgan suratlar.

Ukrain harbiylari italiyaliklar ishlab chiqargan OTO-Melara Mod 56 gaubitsasidan o‘q uzmoqda. Ukraina bunday turdagi bir necha gaubitsani Ispaniyadan qabul qilib olgan. Bunday gaubitsalardan foydalanishni o‘rganish uchun ukrain harbiylari Ispaniyaga maxsus kurslarga borib kelgan.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Oto Melara Mod 56 gaubitsasidan o‘t ochishga tayyorlanayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Avdiyivkada rossiyaliklarning raketa zarbalaridan shikastlangan uy. Bu uy ham shahardagi ko‘plab uylar qatorida tashlab ketilgan
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi hayot

2023 yil qishida Baxmut — frontning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib turibdi. Bu shahar uchun janglar 2022 yil iyulidan buyon olib borilmoqda; Rossiya tomonida harbiy harakatlarda asosiy rolni «Vagner» yollanma jangchilari bajarmoqda. Baxmutning egallanishi Rossiya uchun ko‘proq ramziy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘ladi, shahar ustidan nazorat qo‘lga kiritilishi strategik nuqtayi nazardan Rossiya armiyasiga oldinroq yurishni kafolatlamaydi. Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun Baxmutni himoya qilish muhim, ammo «har qanday qurbonlik evaziga emas». Ukrainlar prezidenti 20 fevral kuni Italiya nashriga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlari frontning bu uchastkasida kurashni faqat «mantiqqa to‘g‘ri keladigan vaqtga qadar» davom ettirishini aytib o‘tdi.

Urushga qadar Baxmutda taxminan 70 ming kishi yashagan, hozir esa, mahalliy rasmiylarning baholariga ko‘ra, shaharda aholining 5 foizi qolgan. Ukraina vitse-premeri, vaqtincha bosib olingan hududlarni qayta integratsiya qilish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Irina Vereshchuk 2023 yil yanvarida Baxmutda «tinch aholi vakillaridan olti ming kishi qolgani»ni aytgandi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda tinch aholi vakillari yanada kamaygan — ular besh ming atrofida qolgan, shundan 140 nafari — bolalar.

Rossiya tomonidan berilgan navbatdagi zarbalardan keyin Baxmut uzra hosil bo‘lgan tutun
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik ko‘ngillilar Baxmutda qolgan tinch aholi vakillari uchun insonparvarlik yordami olib ketmoqda
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutdagi ukrainalik harbiy xizmatchi
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutda rossiyaliklar snaryadlaridan vayron bo‘lgan spa-markaz
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutdan evakuatsiya qilinayotgan aholi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Mikolayivda elektr o‘chirilishi

O‘tgan yil oxirida Rossiya tomonidan Ukraina infratuzilma obektlari yoppasiga o‘qqa tutilgani tufayli hamon ko‘plab hududlar, shu jumladan Mikolayiv shahrida ham elektr o‘chgan. Ukraina hukumati hamon turli hududlarda vaqti-vaqti bilan tokni o‘chirishga majbur bo‘lmoqda, ammo infratuzilmalar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

19 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari annexia qilingan Donetsk shahri va uning atrofidagi Rossiya nazoratida bo‘lgan aholi yashash manzillariga artilleriya zarbalari yo‘lladi. Donetskning Rossiya tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzin hujumlar oqibatida bozor hududi shikastlangani, shuningdek snaryadlar kutubxona, maktab va turar joy binolariga kelib tushganini ma’lum qilgan.

Snaryad kelib tushgan prokuratura binosi tomidagi quyuq tutun. Hujum oqibatida bino tomida yong‘in chiqqan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Anneksiya qilingan Donetsk shahri prokuraturasi binosi tomida chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari okkupatsiya qilingan Donetskda ukrain snaryadlari kelib tushgan joyni tekshirishmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid