Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar eng katta hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Agentlikning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi qariyb 9,7 trln so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmida 4,8 trln so‘m bilan Toshkent shahrining ulushi eng yuqori bo‘lgan.
Avvalroq Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari Toshkent shahrida uy-joy narxlarining o‘zgarishini tahlil qilgandi.
Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk bozorida sotuvlar soni 8 foizga (7 814 tadan 8 408 taga) oshgan. 1 kv metr narxi o‘rtacha 27 foizga o‘sdi: agar 2021 yilning noyabrida bu ko‘rsatkich 849 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning noyabrida bu ko‘rsatkich 1078 AQSh dollariga yetgan.
Toshkent shahrining beshta tumanida 1 kv metr uy-joy narxi shahardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (1078 dollar) sezilarli darajada yuqori: Mirobod tumanida – 1285 dollar (+20 foiz), Yakkasaroyda – 1178 dollar (+9 foiz), Shayxontohurda – 1144 dollar (+6 foiz), Mirzo Ulug‘bekda - 1137 dollar (+6 foiz) va Yunusobodda - 1117 dollar (+4 foiz).
Mavzuga oid

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

18:02 / 20.05.2025