Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mahsulotlari Gruziya portlari orqali Yevropa va Amerika qit’asiga tashiladi
15–17 fevral kunlari transport vazirining o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi mamlakat ishchi guruhi Gruziyada bo‘ldi.
Amaliy safar davomida Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi, «Gruziya temiryo‘llari» AJ, Poti va Batumi bandargohlari rahbariyati, portdagi xususiy terminal vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirining o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Gruziya portlari orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, yuk tashuvlar xarajatini va muddatini qisqartirish, tarif imtiyozlarini kengaytirish bilan bog‘liq jihatlarni ko‘rib chiqdilar.
Poti va Batumi bandargohlari infratuzilmasidan samarali foydalanish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashdi.
Mavzuga oid
20:23 / 29.04.2025
Bandar-Abbos portidagi portlash: qurbonlar soni ortmoqda
08:05 / 28.04.2025
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
08:10 / 15.01.2025