Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina razvedkasi: Rossiya talabalarning ommaviy safarbarligiga tayyorlanmoqda
Rossiyada safarbarlikning yangi to‘lqini doirasida ommaviy ravishda universitetlarning kunduzgi bo‘limlari talabalarini frontga chaqirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi.
«Shu maqsadda harbiy ro‘yxatga olish va komissarliklarga kunduzgi bo‘lim talabalariga chaqiruv qog‘ozlarini topshirishda yordam beradigan «ogohlantirish punktlari» yaratilmoqda», — deyiladi Ukraina razvedkasining o‘z Telegram-kanalidagi xabarda.
Buni tasdiqlash maqsadida uchun idora Tomsk davlat pedagogika universiteti rahbariyatiga tegishli bo‘lgan joriy yilning 9 fevraldagi buyruq nusxasini e’lon qildi. Hujjatda «ogohlantirish joylari»da ishlash uchun ma’lum miqdordagi talabalar va xodimlarni ajratish talabi mavjud. Shu bilan birga, ta’kidlanganidek, «punktlar» tarkibiga kiritish muayyan talabalar va xodimlarning roziligisiz yoki hatto oldindan ogohlantirmasdan turib sodir bo‘ladi.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Novosibirsk davlat pedagogika universiteti va Tomsk politexnika universiteti xodimlari ham shunday buyruq olgan. «Ehtimol, safarbarlik 1 aprel - bahorgi harbiy xizmatga chaqiruv boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Agar kerak bo‘lsa, chaqiruv boshlanishi kechiktirilishi mumkin», - deya taxmin qilmoqda Ukraina razvedkasi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025