Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 yoshli o‘zbekistonlik Rossiyadagi qurilishda halok bo‘ldi
Rossiyaning Leningrad oblasti, Kudrovo shahridagi qurilish maydonchasida ikki nafar mehnat migranti halok bo‘ldi. Ulardan biri o‘zbekistonlik.
Fojia 21 fevral kuni soat 20:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda Fontanka xabar berdi.
Qurilish maydonchasi qo‘riqchisi obektni ko‘zdan kechirayotganida shovqin-suronni eshitgan. So‘ngra yerga qulab tushgan havozani ko‘rib qolgan. Uning ichida bo‘lgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi va Tojikistonda tug‘ilgan 18 yoshli yigit halok bo‘lgan.
Leningrad oblasti prokuraturasi mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
«Tekshiruv davomida hodisaning barcha holatlariga baho beriladi, agar asoslar mavjud bo‘lsa, prokuror tomonidan javob choralari ko‘riladi», deyiladi nazorat organi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025