Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bolalarning Rossiyaga deportatsiyasini genotsid deb atadi
Minglab ukrainalik bolalar Rossiyaga majburan olib ketildi, dedi Dmitriy Kuleba BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida. Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari bu amaliyotni genotsid deb atadi. Moskva ayblovlarni rad etyapti.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ukrainaliklarning qo‘shni davlatga ommaviy olib chiqib ketilishiga ishora qilib, Rossiyani genotsidda aybladi. Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni minglab bolalarni rus oilalariga asrab olish va ularni rus qilib qayta tarbiyalash uchun Ukrainadan majburan olib chiqqan. 22 fevral, chorshanba kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasi ochilishida Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari: "Bu genotsid", deb ma’lum qildi.
Moskva bu kabi ayblovlarni rad etib, ukrainaliklarning Rossiyaga ko‘chib o‘tishini urush zonasidan evakuatsiya qilinishi bilan izohlaydi. Bundan tashqari, Rossiya tomoni bolalarning deportatsiya qilinishini ham rad etyapti, shu bilan birga davolanish yoki dam olish uchun sayohatlar haqida gapiryapti.
Shu bilan birga, Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Xitoyning urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ehtimoliy rejasi haqida vazminlik bilan gapirdi. Kulebaning tushuntirishicha, u asosiy qoidalar bilan tanish, lekin hujjatni to‘liq o‘rganishi kerak. Kiyevning o‘z rejasi bor, bu ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, dedi Kuleba. Ammo Ukraina tomoni «fikrlari borlar bilan gaplashishga» tayyor, dedi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025