Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi
193 davlatdan 141 tasi Rossiyadan Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.
Foto: AP
BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati 23 fevral, payshanba kuni kechqurun «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish» va Rossiya qo‘shinlarini mamlakatdan to‘liq olib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Hujjatni 193 davlatdan 141 tasi yoqladi, 7 ta davlat – Belarus, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Shimoliy Koreya va Eritreya vakillari qarshi ovoz bergan, 32 davlat, jumladan, Hindiston va Xitoy betaraf qolgan.
Shu paytgacha BMTning Ukrainadagi urush bo‘yicha rezolyutsiyasi eng ko‘p ovozni o‘tgan yilning oktyabr oyida to‘plagan, o‘shanda 143 davlat Rossiyaning Ukrainaning Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini annexia qilganini qoralagan edi.
Xalqaro huquqqa ko‘ra, BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyalari majburiy emas.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025