Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Ukrainadagi urushni hal qilish rejasini oshkor etdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekinning Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urushni hal qilish takliflaridan iborat tinchlik rejasi matnini e’lon qildi.
«Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi» deb nomlangan hujjat 12 banddan iborat.
U, xususan, sovuq urush mentalitetidan voz kechish, tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va bir tomonlama sanksiyalarni tugatish zarurligiga ishora qiladi.
Xitoy kompaniyalarining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga bo‘lgan ehtimoliy urinishlari AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan «samarali javob» bilan yakunlanadi. Bunday ogohlantirishni 21 fevral kuni AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo Vashingtondagi Tashqi aloqalar kengashida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Boshqa narsalar qatorida, AQSh Moliya vazirligi rahbari o‘rinbosari Qo‘shma Shtatlar Rossiya ta’minot zanjirlarini, shu jumladan Eron dronlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni kuzatib borayotganini ta’kidladi.
Vashington «Rossiyaning sanoat bazasi sanksiyalar va eksport nazorati tufayli yemirilayotgani alomatlarini ko‘rmoqda», deya qo‘shimcha qildi u joriy sanksiyalarning samaradorligini baholar ekan. Shu bilan birga, amerikalik rasmiy Vashington va uning ittifoqchilari tez orada Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yangi cheklovlar joriy etilishini e’lon qilishiga va’da berdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025