Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT yig‘ilishida Rossiya delegatlari keskin tanqidga uchradi
YeXHT Parlament assambleyasi rahbari Margareta Sederfelt rossiyalik parlamentariylarni jinoiy tajovuzga sheriklikda aybladi. Rossiya vakilining nutqi davomida ko‘plab delegatlar zalni tark etishdi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida rossiyalik deputatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi roli uchun keskin tanqid qilindi.
23 fevral, payshanba kuni YeXHT Parlament assambleyasi raisi Margareta Sederfelt: «Ba’zi parlamentariylar jinoiy tajovuzning sheriklaridir» deb ma’lum qildi. U, shuningdek, rossiyalik hamkasblarini fuqarolik huquqlari, ommaviy axborot vositalari erkinligi va adolatli saylovlarga putur yetkazayotganlikda tanqid qildi.
YeXHTning joriy konferensiyasi Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishining bir yilligiga to‘g‘ri keldi. O‘nlab davlatlar Rossiya delegatlariga kirish vizasi bermaslikni talab qilishlariga qaramay, Avstriya Moskvadan to‘qqiz delegatga kirishga ruxsat berdi. Ulardan olti nafari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.
Rossiya vakillarining ishtirok etishiga norozilik belgisi sifatida ukrainalik parlamentariylar YeXHT konferensiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Shunga qaramay, ular ikki tomonlama muzokaralarda rossiyaliklarning YeXHT Parlament assambleyasi ishidagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yish maqsadida Venaga kelishgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025