Jamiyat | 11:41 / 25.02.2023
15355
1 daqiqa o‘qiladi

Ertalabdan kechgacha gullar ichida: Izboskandagi gulchilar mahallasi

Andijonning Izboskan tumani “Botirobod” MFYda aksariyat xonadonlar gulchilik bilan shug‘ullanadi. Ular issiqxonalarda keng tarqalgan gul navlarini yetishtirishadi.

Mavsum davomida ichki bozorga gullar yetkazib beriladi.

“Hammamiz, oilaviy 8 kishi harakat qilamiz. Tirikchilik shundan bo‘lyapti. Bu yil ancha sovuq bo‘ldi. Sovuqqa qaramasdan harakat qildik. 4-5 gradusda ushlab, sovuqdan olib chiqdik. 10 xil gulimiz bor. Mana shular hammasi ko‘paytiriladigan gullar.

Bozorga martdan olib chiqamiz. Ertalabdan kechgacha hammamiz gullar ichida yuramiz. Qishda bo‘lsa, uxlash yo‘q kechasi bilan. Ko‘mir yoqamiz.

Qimmat gullarni ushlay olmaymiz. Chunki sovuq bo‘lib qolsa, kattaroq minusga kirib ketamiz. Shunga oson ko‘payadigan, bozorda yaxshi ketadigan gullarni ushlaymiz”, – deydi gulchi Komiljon Qobulov.

Gullarning donasi 5 ming so‘mdan boshlanadi. Gulchilar bir mavsumda o‘rtacha 50-60 million so‘m daromad qilishayotganini aytishdi.

Abduvali Qurbonov,
Kun.uz

Mavzuga oid