Ichan-qal’a dunyoning 9 ta eng mashhur qal’a shaharlari qatoriga kirdi
Turizm sohasidagi yo‘nalishlarni yoritishga ixtisoslashgan Buyuk Britaniyaning Wanderlust jurnali sahifasida «Dunyo bo‘ylab 9 ta eng qadimiy devorli shaharlar» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Maqolada butun dunyo bo‘ylab qal’a devorlari bilan mashhur bo‘lgan 9 mamlakatdagi shaharlar haqidagi ma’lumotlar mushtariylar e’tiboriga havola qilingan.
Devor qal’alar bilan o‘ralgan va hozirgi vaqtgacha saqlanib qolingan inshootlar orasidan Xiva shahridagi Ichan-qal’a ham o‘rin oldi. Devor bilan o‘ralgan shaharlar ichida Kolumbiyaning Kartagena, Xorvatiyaning Dubrovnik, Marokashning Tarudant, Buyuk Britaniyadagi Yor, O‘zbekistondagi Ichan-qal’a, Fransiyadagi Karkasson va boshqalar jahonga mashhurdir, deb yozadi nashr.
Muallif asrlar davomida shaharlar uchun himoya istehkomi vazifasini bajargan ushbu to‘qqiz qal’a butun dunyoda borib ko‘rish uchun muhim bo‘lgan joylar qatoriga kirishini ta’kidlar ekan, o‘zining noyobligi hamda ta’sirchan ko‘rinishi bilan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilishini qayd etgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, ro‘yxatning beshinchi qatorida qayd etilgan Ichan-qal’a Buyuk Ipak yo‘lidagi O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri – Xivada joylashgan. Ushbu qal’a devorlarining uzunligi 2 kilometrgacha yetadi va balandligi 10 metrdan yuqori bo‘lgan ulkan minoralardan iborat.
«Qal’a ichidagi ko‘hna binolar juda yaxshi holatda bizgacha yetib kelgan. Tadqiqotchilar uchun ulkan ilmiy manba, sayyohlar uchun uchun esa masjidlar, saroylar va minoralarga ega bo‘lgan ushbu maskan jozibali va ekzotik manzildir», deb yozadi muallif.
Mavzuga oid
20:50 / 27.05.2023
Xivaga sayohat - faqat xon, uning oilasi va xizmatkorlari yashagan caroy haramlari haqida
15:34 / 20.04.2021
«Ichan qal'a» hududida qadimiy quduq topildi
15:15 / 25.06.2020
O‘zbekistonda ichki turizm nega ommalashmagan? Asosiy sabab mablag‘mi?
14:04 / 25.03.2020