Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi xorijliklarni saqlash markazlarida bo‘lgan 47 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida Rostov viloyati xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridagi 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ular 2022 yil 18 oktabr kuni Rostov viloyati xavfsizlik xizmati boshqarmasi va IIV Bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruv tadbiri natijasida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishgani tufayli Rostov viloyatidagi “Don” va “Novocherkassk” xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlariga joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Bosh konsullikning Rossiya tomoni bilan olib borgan qator muzokaralari natijasida fuqarolarni O‘zbekistonga chiqarib yuborishga erishildi.
47 nafar mamlakat fuqarosiga aviachiptalar O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida xarid qilindi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025