Samarqanddagi AGTKSda Nexia-3 mashinasi portladi
Gaz to‘ldirish stansiyasi ishchisi jarohat olib vafot etgan.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Bugun, 25 fevral kuni soat 11:00larda Samarqand shahrida joylashgan “Kamalak” MChJga qarashli AGTKS (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi)da Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotganda unga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Oqibatda «metan zapravka» ishchisi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2023 yil 24 fevral kuni Qarshi shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgandi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025